Iqtisodiyot
«Ushbu yutuq O‘zbekiston uchun hal qiluvchi hamda tarixiy marra» — «Franklin Templeton» rahbari
Bugun, 18-may kuni, London fond birjasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtirilishi (IPO) jarayoniga bag‘ishlangan rasmiy marosim bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergandik.
Rasmiy marosimda so‘z olgan yirik xalqaro investorlar mamlakatimizdagi islohotlarni e’tirof etmoqda.
Xususan, «Franklin Templeton» bosh ijrochi direktori Jenni Jonson shunday dedi:
«Biz O‘zbekiston tarixidagi ilk xalqaro aksiyalar taklifini muvaffaqiyatli amalga oshirganimizdan juda faxrlanamiz. Bu mamlakatni global investorlarning diqqat markaziga olib chiqdi.
Ushbu yutuq O‘zbekiston uchun hal qiluvchi hamda tarixiy marra hisoblanadi».