Jamiyat

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi tashkil etiladi

Published

on


Prezidentning 2025-yil 20-noyabrdagi qarori bilan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi faoliyati tashkil etilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, urbanizatsiya va uy-joy sohasida davlat boshqaruvi samaradorligi oshiriladi hamda mazkur sohada davlat organlari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani tashkil etgan holda hamkorlik yanada rivojlantiriladi.

Shuningdek, urbanizatsiya va uy-joy sohasida yetakchi xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Qarorga muvofiq, endilikda quyidagi masalalarni o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Milliy qo‘mita bilan majburiy kelishilishi shart:


uy-joylar qurilishida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari;
Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar markazlari va boshqa aglomeratsiyalarda uy-joy hamda noturar joy majmualarini qurish loyihalarini amalga oshirish;
«Yangi O‘zbekiston» massivlarida va boshqa massivlarda ko‘p kvartirali uylar qurilishi bo‘yicha yillik maqsadli ko‘rsatkichlarni tasdiqlash;
kompleks qurilish loyihalari amalga oshiriladigan va «Yangi O‘zbekiston» massivlari quriladigan hududlarni belgilash.

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version