Jamiyat

Ukrainada og‘ir ahvolga tushib qolgan 19 nafar O‘zbekiston fuqarosi qaytarildi

Published

on


O‘zbekiston elchixonasi, Ukraina Milliy politsiyasi hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT)ning Ukraina va Moldova bo‘yicha ofislari hamkorligida Kiyev viloyatida qiyin vaziyatga tushib qolgan 19 fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi.

O‘zbekiston elchixonasining tezkor va hamohang harakatlari, Ukraina Milliy politsiyasi hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT)ning Ukraina va Moldova ofislari bilan hamkorlikdagi ishi tufayli Kiyev viloyatida og‘ir ahvolga tushib qolgan fuqarolarning 19 nafari vatanga qaytarildi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.

Ukraina OAVda 18 sentabr kuni Kiyev viloyatidagi issiqxonada majburiy mehnatga yaqin sharoitda bo‘lgan hamyurtimiz haqida ma’lumot paydo bo‘lgan. Bu vaziyat darhol diplomatik nazoratga olindi.

O‘zbekiston elchixonasi qisqa fursatda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning qonuniy huquqlarini tiklash, Ukrainadan xavfsiz chiqib ketishi uchun hujjat va tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘ydi.

Muzokaralar natijasida barcha 19 nafar fuqaroga rasman «jabrlanuvchi» maqomi berildi. Bu esa Ukraina qonunchiligiga muvofiq ularga nisbatan qandaydir sanksiya qo‘llash imkonini istisno qiladi.

XMTning Ukraina va Moldova ofislari tomonidan bevosita moliyalashtirish asosida 28 oktyabr kuni fuqarolar Kiyevdan Kishinyovga avtotransportda yetkazildi. Moldova poytaxtida bo‘lish davrida ularga xavfsiz yashash sharoiti, ovqatlanish va zarur ko‘mak taqdim etildi. 2 noyabr kuni barcha 19 nafar fuqaro XMT vakillari hamrohligida Kishinyov–Istanbul–Urganch aviayo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilib, 3 noyabr kuni sog‘-omon O‘zbekistonga yetib keldi.

Fuqarolarni qaytarish holati chet eldagi vatandoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘zbek diplomatiyasining izchil va samarali faoliyatining navbatdagi muvaffaqiyatli namunasi bo‘ldi, deyiladi xabarda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version