Iqtisodiyot

Ukraina tadbirkorlari O‘zbekistonga investitsiya kiritishga qiziqish bildirdi

Published

on


O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasida U Win Business Club uyushmasiga a’zo bo‘lgan yirik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda Lviv va Ukraina g‘arbiy hududlarida faoliyat yuritayotgan biznes vakillari O‘zbekistonga investitsiya kiritish hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirayotgani ta’kidlandi.

“Dunyo” AAning xabar berishicha, muloqot O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasida U Win Business Club uyushmasi a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

U Win Business Club — Ukrainaning g‘arbiy hududlari, jumladan Lviv, Volin, Ivano-Frankivsk va Ternopil viloyatlarida faoliyat yuritayotgan yirik tadbirkorlarni birlashtirgan nufuzli jamiyat hisoblanadi.

Uchrashuvda mazkur jamiyatga a’zo biznes va investitsiya sohasi vakillari ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, O‘zbekiston bozorida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Xususan, Tri sloni, Gora, Development West Group, Videnska kava, Markkveyn Ukraina, Biscotti, Citadel Inn, Shoco, Laluce, Daily Dose, Florbest, TOPHIM, Budmall, Sollar Energy, Amway, Chernomorka kabi kompaniyalarning rahbarlari oflayn va onlayn tarzda ishtirok etib, O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga oid o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi.

O‘zbekiston diplomatlari uchrashuv davomida ukrainalik tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javob berib, mamlakatda xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar, soliq va ma’muriy yengilliklar, savdo-investitsion, transport-logistika, konsalting xizmatlari, tekstil hamda axborot texnologiyalari sohalarida hamkorlik imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Ukrainalik ishbilarmonlar o‘z navbatida mahalliy kompaniyalar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonga investitsiya kiritish yuzasidan qator amaliy biznes tashabbus va loyihalarni ilgari surdi.

Tadbir yakunida tomonlar uchrashuvning muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib, O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va biznes uchun yangi yo‘nalishlarni izlashga tayyorligini bildirdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version