Dunyodan
Ukraina prezidenti ma’muriyatining sobiq rahbari jinoyatda ayblanmoqda
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning sobiq apparat rahbari Andrey Yermak 10,4 million dollarlik pul yuvishda gumon qilinmoqda.
Ukraina Milliy aksilkorrupsiya byurosi (NABU) va Korrupsiyaga qarshi maxsus prokuraturasi (SAPO) Ukraina prezidenti ijroiya apparatining sobiq rahbari Andrey Yermakga nisbatan ayblov e’lon qildi. U Kiyev yaqinidagi hashamatli uylar qurilishi vaqtida 460 million grivna (10,4 million dollar) pul yuvish bilan shug‘ullangan uyushgan guruhning bir qismi ekanligi taxmin qilinmoqda.
Noqonuniy yo‘l bilan olingan pul mablag‘larini legallashtirish va legallashtirish holatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov maʼlumotlariga koʻra, Yermak 2021-yil va 2022-yil boshida dizayner bilan “Dynasty” kooperativida saroy qurish masalasini muhokama qilgan.Ukraina ommaviy axborot vositalari xabariga koʻra, qurilish jarayoni sobiq jamiyat va mintaqaviy rivojlanish vaziri Oleksiy Chernishev tomonidan nazorat qilingan, uning rafiqasi qurilish kompaniyasining ulushiga ega boʻlgan.
Mahalliy matbuot avvalroq Andriy Yermakning uyi tintuv qilinayotgani haqida xabar bergan edi. Keyinroq, Yermakning o’zi jurnalistlarga shunday izoh berdi: “Menda bor-yo’g’i kvartira va mashina bor.” U tergovgacha izoh berishdan bosh tortdi.
2025-yil noyabrida Yermakning uyi Ukraina energetika sohasidagi korruptsiyaga oid tergov doirasida tintuv o‘tkazildi.
Shu kuni prezident Vladimir Zelenskiy Yermakni prezident maʼmuriyati rahbari lavozimidan ozod qildi.