Dunyodan
Ukraina armiyasi yana bir muhim hududni boy berdi
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi telegram orqali Ukraina qo‘shinlari Seversk shahridan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi.
Qaror “askarlarimiz hayotini saqlab qolish va bo‘linmalarimizning jangovar qobiliyatini saqlab qolish” uchun qabul qilingan. Rossiya kuchlari 11 dekabr kuni shaharni egallab olganini e’lon qildi.
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi maʼlumotlariga koʻra, Rossiya qoʻshinlari “son jihatdan ustunlik va ogʻir ob-havo sharoitida kichik hujumchi guruhlarning doimiy bosimi” tufayli oldinga oʻtishga muvaffaq boʻlgan. Shu bilan birga, Moskva qo’shinlari “qo’shinlar va harbiy texnikada sezilarli ustunlikka ega va katta yo’qotishlarga qaramay, hujum operatsiyalarini davom ettirmoqda”.
Seversk shahrida 11 000 ga yaqin aholi istiqomat qilgan. Bu Kramatorsk va Slavyansk shaharlariga boradigan yo’lda Ukraina nazorati ostidagi oxirgi muhim aholi punktlaridan biri hisoblangan. Bu ikki shahar Donetsk viloyatining Ukraina nazorati ostida qolgan oxirgi yirik shaharlaridir.