Dunyodan

Uganda Eron bilan urush istaydi

Published

on


Uganda armiyasi qo‘mondoni Mukuzi Kainerugaba Yaqin Sharqdagi urush haqida keskin bayonot berib, Uganda Isroilni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Isroilga qarshi tahdidlar kuchaysa yoki Isroilni “yo‘q qilish” talablari real bo‘lib qolsa, Uganda urushga qo‘shilishi mumkin. Shu bilan birga, u dunyo urushdan charchaganini va mojarolarga tezroq barham berish tarafdori ekanini ta’kidladi.

“O’tgan asrning 80-90-yillarida, biz hech narsa bo’lmaganimizda, Isroil bizni qo’llab-quvvatlagan edi. Endi yalpi ichki mahsulot 100 milliard dollar bo’lsa, nega biz Isroilni himoya qilmasligimiz kerak?” – dedi Mukzi Kainergaba.

Tahlilchilar fikricha, bu chiqishlar Uganda geografik jihatdan Yaqin Sharqdan uzoqda joylashgan boʻlsa-da, mojaro xalqaro miqyosda tus olayotganidan dalolatdir. Shu bilan birga, hozirda Uganda armiyasining ishtirok etishi ehtimoldan yiroq emas.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version