Jamiyat

Uchtepadagi savdo majmuasida yong‘in yuz berdi

Published

on


Uchtepada tumanidagi savdo majmuasida yong‘in yuz berdi. 

18-iyul kuni soat 19:54 da Toshkent shahar FVBga, Uchtepa tumani “Zargarlik” ko‘chasida joylashgan savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 

Mazkur xabarga asosan, yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan va yong‘in to‘liq o‘chirilgan. 

Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. 

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda, deyiladi FVV xabarida. 

Avvalroq Ko‘kdaladagi portlashda jabrlanganlarga kompensatsiya to‘lab berilgani xabar berilgandi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version