Jamiyat
Uchtepada shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
Kecha, 3 oktyabr kuni soat 18:07 da Toshkent shahar Uchtepa tumani Ibrat ko‘chasida shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 18:13 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 18:19 da qurshab olindi va soat 18:28 da o‘chirildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar tushmadi.