Jamiyat

Uch viloyatda dollarfurushlarga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi

Published

on


Valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro X.R. va boshqalar fuqaro M.G.ga 5 000 AQSh dollarini 64,3 so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Pop tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.M. fuqaro I.Yu.dan 3 900 AQSh dollarini 49,6 so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.U. fuqaro A.G‘.ga 4 500 AQSh dollarini 57,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version