Dunyodan
U Angliya liga kubogini qo’lga kiritgan birinchi o’zbekistonlik futbolchidir
Londondagi “Uembli” stadionida Angliya Liga kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Bosh sovrin uchun kechgan bellashuvda “Manchester Siti” va “Arsenal” jamoalari to’qnash kelishdi.
Uchrashuv “Manchester Siti”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo’limda Niko O’Reyli tomonidan kiritilgan ikkita gol (60 va 64-daqiqalar) uchrashuv taqdirini hal qildi. Bu muvaffaqiyat bilan “Manchester Siti” o’z tarixida to’qqizinchi marta Angliya Liga kubogi sohibiga aylandi. Ular endilikda ushbu musobaqada eng ko’p g’alaba qozonish bo’yicha Liverpul rekordini (10 ta kubok) egallashga yaqin turibdi, ularni faqat bitta kubok ajratib turibdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safida to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. U 32-daqiqada Viktor Diokeresga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun sariq kartochka oldi.
Husanov ushbu g‘alaba bilan Angliya liga kubogini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirdi. Bu sovrin himoyachining Angliya terma jamoasi uchun birinchi oltin medalidir.