Iqtisodiyot

Tutzorlar uchun 150 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi

Published

on


Pillachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash va tutzorlarni rivojlantirish maqsadida sug‘orish tizimlarini joriy etish hamda suv inshootlarini qurish ishlari uchun subsidiyalar ajratiladi.

Tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish xarajatlari uchun yangidan tashkil etilgan tutzorlarning har bir gektariga Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan 8 million so‘mgacha subsidiya taqdim etiladi.

Shuningdek, maydoni 2 gektar va undan ziyod bo‘lgan tutzorlar uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash va ishga tushirish, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish maqsadida nasos stansiyalari hamda suv inshootlarini yangidan qurish yoki rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 100 foiziga subsidiya beriladi. Bunda subsidiya miqdori 150 million so‘mdan oshmasligi belgilangan.

Bundan tashqari, mavjud tutzorlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman hokimliklari tomonidan olib qo‘yish hamda ular joylashgan yer uchastkalarining yer fondi toifasini o‘zgartirish qat’iy taqiqlanadi.

Shu bilan birga, 2026 yil 1 sentabrga qadar pillachilik.uz elektron platformasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Ushbu platforma orqali tutzorlar yer maydonlari, pilla yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalar ro‘yxati, tuzilgan shartnomalar, ipak qurti urug‘ining tarqatilishi hamda pilla hosilini qabul qilish jarayonlari raqamli tarzda yuritib boriladi.

Platforma doirasida pilla yetishtirish agrotexnikasi qoidalariga oid o‘quv qo‘llanmalar va mediakontentlarni o‘z ichiga olgan maxsus mobil ilova ham ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version