Jamiyat
Turkiyada o‘zbekistonlik erkak rashk sababli xotinini pichoqlab o‘ldirdi
Istanbul politsiyasi tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida gumondor qo‘lga olindi. Shuningdek, unga yashirinishda yordamlashganlikda gumon qilinayotgan yana bir shaxs ham politsiya tomonidan ushlandi.
17 avgust kuni Istanbul shahrida Samarqand viloyatidan kelib vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan O‘zbekiston fuqarosi N.S. eri, O‘zbekiston fuqarosi U.S. tomonidan rashk oqibatida pichoqlab o‘ldirildi.
Xabar qilinishicha, Istanbul politsiyasi tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida gumondor qo‘lga olindi. Shuningdek, unga yashirinishda yordamlashganlikda gumon qilinayotgan, Jizzax viloyatidan bo‘lgan B.O. ham politsiya tomonidan ushlandi.
Hozirda hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
Marhumaning jasadini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha zarur hujjatlar rasmiylashtirildi hamda Migratsiya agentligi tomonidan yordam ko‘rsatilmoqda.