Jamiyat

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol to‘rtinchi qavatdan tushib ketdi

Published

on


Hodisa tafsilotlari ma’lum emas.

Foto: Istanbul shahridagi Bosh konsulxona

Turkiyaning Izmir shahrida O‘zbekiston fuqarosi, 22 yoshli Sevdora Hakimjonova o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uyning to‘rtinchi qavatidan tushib ketdi, deb xabar bermoqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxona.

Hozirda u davlat shifoxonasida davolanmoqda. Shifokorlarning ma’lumotiga ko‘ra, uning ahvoli og‘ir.

«Hakimjonova Turkiya fuqarosi bo‘lgan shaxs bilan imom nikohi asosida turmush qurgan, biroq ushbu nikoh rasmiy tartibda qayd etilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, nikoh marosimi Namangan viloyati Chust tumanida o‘tkazilgan», – deyiladi xabarda.

Keyinchalik ular Izmirga kelib, kuyovning yaqin qarindoshlari bilan bir xonadonda yashab kelgan. Qayd etilishicha, turmush o‘rtog‘i ham Hakimjonova kabi eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxs hisoblanadi.

Holat yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

To‘plangan materiallar tegishli tartibda prokuratura organlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Vaziyat Bosh konsulxona nazoratiga olingan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version