Jamiyat
Turkiyada og‘ir vaziyatda qolgan o‘zbekistonlik 13 yoshli bola vatanga qaytarildi
Yaqin kunlarda Turkiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 30 nafardan ortiq o‘zbekistonlik bolalarni vatanga qaytarish ishlari olib boriladi.
Foto: Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan surat
Xabar qilinishicha, u O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xodimlariga yordam so‘rab murojaat qilgan.
Ushbu holat yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining hamkorlikdagi harakatlari natijasida voyaga yetmagan fuqaro xavfsiz O‘zbekistonga qaytarildi.
Bosh konsulxonaning bildirishicha, voyaga yetmagan fuqaroning ijtimoiy himoyasi va psixologik qo‘llab-quvvatlanishi uning doimiy yashash manzilida davom ettiriladi.
Hozirda Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari Rossiya va Qozog‘istonda xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Yaqin kunlarda Turkiyaga ham xizmat safarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, uning doirasida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 30 nafardan ortiq o‘zbekistonlik bolalarni vatanga qaytarish ishlari olib boriladi.