Jamiyat
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan ona va farzandlariga vatanga qaytishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Foto: Migratsiya agentligi
Migratsiya agentligi qayd etishicha, xorijda ishlash maqsadida ketayotgan fuqarolar orasida ba’zan turmush sharoitida kutilmagan muammolar yuzaga chiqishi mumkin.
Shunday og‘ir holatlardan biri bilan yuzlashgan ayol R.S. 4 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan Turkiyaning Istanbul shahrida yashash va ishlash istagida bo‘lgan.
Ammo turmush o‘rtog‘i tomonidan tashlab ketilgan va murakkab moliyaviy ahvolda qolgan. U farzandlari bilan O‘zbekistonga qaytish uchun murojaat qildi.
Migratsiya agentligining harakati bilan hukumat qarori asosida, ular vatanga beg‘araz qaytarildi.