Jamiyat

Turkiyada bir nechta o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Published

on


Turkiyada o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi. Istanbul konsulxonasi bu haqda xabar berdi. 

Shu yilning 29-sentyabr kuni Istanbulda 6 nafar shaxs, shu jumladan bloger Jasmin ham mahalliy politsiya tomonidan qo‘lga olinib, 30-sentyabr kuni Maltepe yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasasiga joylashtirilgan. 

Mazkur shaxslar giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etishda gumon qilinmoqda. 

Tintuv tadbirlari davomida olingan ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilgan. 

Hozirda tergov jarayoni davom etmoqda

Avvalroq konsulxona odam savdosida ayblangan “Sonya” ismli ayol O‘zbekistonga deportatsiya qilingani haqida xabar bergandi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version