Jamiyat
Turkiya va Bolgariyada halok bo‘lgan 5 nafar o‘zbekistonlikning jasadi olib kelindi
Avgust oyida O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan jazoni ijro etish muassasalari, deportatsiya markazlari, politsiya, sud idoralari va shifoxonalarga tashriflar amalga oshirildi.
Turkiya va Bolgariyada qiyin vaziyatga tushgan vatandoshlarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Turkiyada vafot etgan 5 nafar vatandosh hamda Bolgariyaning Sozopol shahrida cho‘kish natijasida halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini olib kelish xarajatlari davlat hisobidan qoplab berildi.
Shifoxonalarda davolanish jarayonida katta qarzga tushgan 12 nafar fuqaroga chegirmalar qilinib, ularning vatanga qaytishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Turkiyada hujjatsiz qolgan 27 nafar fuqaroga yordam berilib, zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.
Turkiyada hujjatlarni tekshirish kuchaytirilgan. Shuning uchun:
– pasport va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni yoningizda olib yuring;
– mahalliy qonun-qoidalarga rioya qiling;
– favqulodda vaziyatlarda konsulxonaga murojaat qiling.