Turk dunyosi
Turkiya shimoli-g‘arbida “Islomiy davlat” jangarisi va politsiyachi o‘ldirildi
Dushanba kuni Turkiya shimoli-g‘arbida politsiya bilan to‘qnashuvda kamida uch politsiyachi va “Islomiy davlat”ning olti nafar jangarisi halok bo‘ldi. Yana sakkiz nafar politsiyachi va bir tungi qo‘riqchi yaralangani aytilmoqda.
Istanbul janubidagi Yalova viloyatining Elmali tumanida politsiya jangarilar yashiringan uyga bostirib kirganida otishma yuz berdi.
Operatsiyani kuchaytirish uchun qo‘shni Bursa viloyatidan maxsus kuchlar jo‘natildi.
IShID gumondorlariga qarshi operatsiya
Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaning aytishicha, Yalovadagi operatsiya mamlakatning 15 viloyatida IShID gumondorlariga qarshi bir vaqtning o‘zida o‘tkazilgan 100 dan ortiq reydlardan biri bo‘lgan, deb xabar bermoqda Associated Press.
Yalovadagi operatsiya “o‘ta ehtiyotkorlik bilan” o‘tkazildi, chunki uy ichida jangarilar bilan birga ayollar va bolalar ham bo‘lgan, deydi Yelikaya. Barcha besh ayol va olti bola uydan xavfsiz evakuatsiya qilindi.
Vazir jurnalistlarga barcha jangarilar Turkiya fuqarolari ekanligini aytdi.
Operatsiya mahalliy vaqt bilan soat 02:00 atrofida boshlandi va rasman 9:40 da yakunlandi, deya qo‘shimcha qildi u.
Maktablar yopildi. Tabiiy gaz va elektr ta’minotida uzilishlar
Avvalroq Nippon Television xususiy axborot kanali xabar berishicha, qarama-qarshiliklar ko’chalarga tarqalib ketganligi sababli hududdagi beshta maktab bir kunga yopilgan.
Xabarda aytilishicha, ehtiyot chorasi sifatida rasmiylar tabiiy gaz va elektr taʼminotini ham toʻxtatib, tinch aholi va transport vositalarining hududga kirishini taqiqlagan.
O‘tgan hafta politsiya o‘nlab reydlar uyushtirdi va Rojdestvo va Yangi yil bayramlarida hujumlar uyushtirishni rejalashtirgan ekstremistik guruhning 115 nafar jangarisini qo‘lga oldi. Rasmiylarning aytishicha, guruh bayram paytida, ayniqsa, musulmon bo’lmaganlarga qarshi chora ko’rishga chaqirgan.
IShID so‘nggi yillarda Turkiyada qator qonli hujumlar uyushtirdi, jumladan, 2017-yil 1-yanvar kuni Istanbul tungi klubida shaharda Yangi yil bayrami chog‘ida sodir bo‘lgan otishmada 39 kishi halok bo‘ldi.