Siyosat

Turkiy davlatlar yetakchilari Turkistonning tarixiy markazida bo‘ldi

Published

on


Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda Turkiston shahrining tarixiy-madaniy markaziga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmonlar Markaziy Osiyodagi islom me’morchiligining eng yirik yodgorliklaridan biri sanalgan Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qildi.

Ma’lum qilinishicha, XIV asr oxirida Amir Temur farmoyishi bilan barpo etilgan ushbu maqbara bugun YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Majmua 1389–1391 yillarda qurila boshlangan bo‘lib, uni barpo etishda Movarounnahr ustalari va boshqa hududlardan kelgan me’morlar ishtirok etgan.

Tashrif davomida davlat rahbarlari buyuk so‘fiy shoir va mutafakkir Xoja Ahmad Yassaviy xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari «Hazrat Sulton» muzey-qo‘riqxonasining tashriflar markazi bilan ham tanishdi. Markazda Turkistonning boy tarixiy-madaniy merosini namoyish etish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

Ekspozitsiyadan XIV–XV asrlarga oid noyob tarixiy yodgorliklar, o‘rta asrlar me’moriy bezaklari, kulolchilik namunalari, Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasining asl eshigi, Amir Temur hadya qilgan bronza shamdonlar va boshqa qimmatli eksponatlar o‘rin olgan.

Tadbir davomida bunday tarixiy yodgorliklar va madaniy loyihalar qardosh xalqlar o‘rtasidagi umumiy tarixiy xotira, ma’naviy meros va mushtarak qadriyatlarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version