Siyosat
Turkiy davlatlar parlamentlari rahbarlarining ilk norasmiy uchrashuvi o‘tkazildi
O‘zbekiston delegatsiyasi Istanbulda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar parlamentlari rahbarlarining birinchi norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar berdi Senat matbuot xizmati.
Tadbirda Senat raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi qatnashdi.
Uchrashuvda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida davlat rahbarlari o‘rtasida shakllangan samarali hamkorlik natijasida iqtisodiy rivojlanish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish hamda madaniy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan qator tashabbuslar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.