Siyosat

Turkistonda Turkiy davlatlar sammiti bo‘lib o‘tadi

Published

on


2026-yil 15-may kuni Qozog‘istonning Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi.

«Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish» mavzusidagi sammitda TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar rahbarlari, shuningdek, tashkilot Bosh kotibi ishtirok etadi.

Anjumanda sun’iy intellekt, raqamli innovatsiyalar va yangi texnologiyalar orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, davlat xizmatlarini takomillashtirish va mintaqaviy bog‘liqlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Sammit arafasida TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi ham o‘tkaziladi.

Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, sammitning Turkiston shahrida o‘tkazilishi turkiy xalqlarning umumiy tarixiy merosi va raqamli kelajak sari intilishini ifodalaydi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version