Dunyodan
Tramp tadbirdan evakuatsiya qilindi.
AQShda Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasining tadbirida kutilmagan voqea yuz berdi. Tadbir chog‘ida mehmonxona tashqarisida o‘q ovozlari eshitildi va xavfsizlik idoralari ishtirokchilarni zudlik bilan evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi.
Donald Tramp, uning rafiqasi va boshqa mehmonlar xavfsiz joyga olib ketildi. Ko’pgina ishtirokchilar ziyofat zalidagi stollar ostiga yashirinishlari kerak edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Vashington Hilton mehmonxonasida sodir bo‘lgan. Hech kim jabrlanmadi va gumondor tezda qo‘lga olindi.
Reuters xabariga ko‘ra, qurollangan shaxs xavfsizlikni yorib o‘tishga uringan va xodimlarga qarata o‘t ochgan. Biroq xodim o‘q o‘tkazmaydigan jilet kiygan va jarohat olmagan.
Prezident Tramp “Truth” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida u, uning rafiqasi va vitse-prezidentning ishlari yaxshi ekanini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbir xavfsizlik nuqtai nazaridan keyinga qoldirilgan. Hozirda ushbu hodisa tergov qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, Oq uy muxbirlari uyushmasi kechasi AQShda har yili o‘tkaziladigan eng nufuzli tadbirlardan biridir. An’anaga ko‘ra, mamlakat prezidenti matbuot erkinligi mavzusida qatnashadi va nutq so‘zlaydi.