Mahalliy

Tramp O‘zbekistonga kelishi mumkin – Eurasianet

Published

on


Eurasianet nashrining yozishicha, Donald Tramp Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan birinchi AQSh prezidenti bo‘lishi mumkin.

Nashr avvalroq Shavkat Mirziyoyev Amerika rahbarini Toshkentga taklif qilganini eslatib, «O‘zbekiston tomoni allaqachon bir necha bor taklifnoma jo‘natgan va aprel oyida tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya uni Oq uyga topshirgani»ni yozadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Mirziyoyev Oq uyda Tramp bilan uchrashgan, keyin AQSh prezidenti u haqda «juda hurmatli shaxs» degan edi.

Shuningdek, joriy yil 5-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida Mirziyoyev Trampga «qulay vaqtda» O‘zbekistonga tashrif buyurishni taklif qilgandi.

Nashr, o‘z navbatida, Vashingtondagi manbalariga tayanib, 9-sentyabr holatiga ko‘ra Markaziy Osiyoga tashrif bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilinmaganini ma’lum qildi.

Eurasianet Trampning Qozog‘istonga tashrifi ehtimoli haqida ham o‘z taxminlarini ilgari surgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version