Dunyodan

Tramp ma’muriyatida “ayollarning iste’fosi” davom etmoqda: Mehnat vaziri iste’foga chiqdi

Published

on


AQSh Mehnat vaziri Lori Chaves Delemer o‘z vakolatini suiiste’mol qilish mojarosi ortidan ishdan bo‘shatildi. Tergov maʼlumotlariga koʻra, u davlat hisobidan shaxsiy sayohatga chiqish uchun qoʻl ostidagi xodimlarini hujjatlarni soxtalashtirishga majburlagan.

Shuningdek, u qo‘riqchi bilan noo‘rin munosabatda bo‘lganlikda va xodimlar bilan shubhali munosabatda bo‘lganlikda gumon qilinmoqda. Avvalroq o‘tkazilgan tergov natijalariga ko‘ra, vazirlikning kamida to‘rt nafar xodimi egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem va bosh prokuror Pam Bondi ham o‘z lavozimlaridan iste’foga chiqqan edi. Lori Chaves Delemer Tramp ma’muriyatini tark etgan uchinchi ayol yetakchiga aylandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version