Iqtisodiyot

Tramp jamoasi neft narxi 200 dollarga chiqishiga tayyorlanmoqda

Published

on


Amerikalik rasmiylar AQSh barcha kutilmagan ssenariylarga, jumladan, Yaqin Sharqdagi mojaro uzoq cho‘zilishiga tayyor bo‘lishiga ishonch hosil qilmoqchi.

Donald Tramp ma’muriyati rasmiylari neft narxi bir barrel uchun 200 dollargacha chiqadigan bo‘lsa, iqtisodiyot qay ahvolga tushishini o‘rganmoqda, deb xabar berdi Bloomberg vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbalariga tayanib.

Nashr suhbatdoshlari keskinlik davrida neft narxi keskin ko‘tarilishi sharoitidagi iqtisodiyotni modellashtirish muntazam ravishda o‘tkazilishi va bu prognoz hisoblanmasligini qayd etishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu orqali ma’muriyat mamlakat barcha ehtimoliy ssenariylarga tayyor turishiga ishonch hosil qilmoqchi.

Yaqin Sharqdagi urush boshlanishidan oldin ham moliya vaziri Skott Bessent ehtimoliy mojaro neft narxi oshishiga olib kelishi borasida xavotir bildirgandi, deyishmoqda manbalar. Ular vazirlik xodimlari bir necha hafta mobaynida o‘z xavotirlarini Oq uyga bildirib kelishganini qo‘shimcha qilishgan.

Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Kush Desai esa ma’muriyat har doim turli ssenariylar va iqtisodiy oqibatlarni baholasa-da, neft narxi bir barrel uchun 200 dollargacha ko‘tarilishi ehtimolini ko‘rib chiqmasligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bessent «Epik g‘azab» amaliyotini o‘tkazish natijasida yuzaga kelgan qisqa muddatli tebranishlardan «tashvishga tushmagan».

Bloomberg agentligi qayd etishicha, bir necha oy ichida neft narxi bir barrel uchun 170 dollarga ko‘tarilishi ham AQSh va Yevropada inflatsiyani tezlashtiradi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini pasaytiradi, bir barrel uchun 200  dollarlik narx esa «jahon iqtisodiyoti uchun og‘ir zarba»ga aylanadi. AQShda allaqachon benzin uchun narxlar 30 foizga oshgani sezilarli ta’sirga aylandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version