Mahalliy

Totuv hayotning yetti siri

Published

on


Totuv hayot, bu – heç qaçon janjal bölmaydigan, hamma bir xil fikrlaydigan hayot emas. Aksinça, turli feʼl-atvor, qaraş va istaklarga ega insonlarning bir-birini hurmat qilib, kelişib yaşay olişidir. Ruhşunoslar, sotsiologlar va uzoq yillik ilmiy tadqiqotlar şuni körsatadiki, mustahkam oilaviy munosabatlar tasodifan şakllanmaydi. Ularning ortida kundalik odatlar, samimiy muloqot va özaro işonç turadi.

Quyidagi yetti qoida baxtli munosabatlarning şunçaki hayotiy maslahatlari emas, balki ilmiy tadqiqotlar bilan qöllab-quvvatlangan muhim omillaridir.

Bir-biringizni özgartirişga emas, tuşunişga harakat qiling

Oiladagi eng katta xatolardan biri – yaqin insonni özimiz istagan odamga aylantirişga urinişdir. «Nega bundaysiz?», «Men aytganimdek qilsangiz bölmaydimi?» kabi gaplar vaqt ötişi bilan munosabatlarga salbiy taʼsir körsatadi. Psixologik tadqiqotlar juftlikning özaro munosabatidan qoniqişida şerikning majburiyatga sodiqligi, uni qadrlaş va nizolarni qanday hal qilişi muhim örin tutişini körsatgan. 43 ta uzoq muddatli tadqiqot maʼlumotlarini qamrab olgan ilmiy işda ham aynan şu omillar eng kuçli körsatkiçlar qatoriga kiritilgan.

Nima qiliş kerak? Yaqinlaringizning feʼlini tanqid qilişdan oldin, ularning nima uçun bunday yöl tutayotganini tuşunişga harakat qiling. Har bir insonning dunyoqaraşi, odatlari va hissiyotlari borligini miyangizga singdiring.

Köproq gaplaşing, kamroq taxminga beriling

Köplab oilaviy kelişmovçiliklar gaplaşmaslik yoki bir-birini notöğri tuşunişdan kelib çiqadi. Inson baʼzan yaqin odamining nima öylayotganini özi bilgandek tasavvur qiladi. Ammo taxmin haqiqat emas.

2021 yilda 64 ta juftlik tadqiqotini qamrab olgan meta-tahlilda ijobiy muloqot munosabatlar sifati bilan boğliq ekani, salbiy muloqot esa keyingi munosabatlar buzilişi xavfi bilan aloqadorligi aniqlangan.

Çorasini bilasizmi? Kuniga kamida 15–20 daqiqa telefon va televizorsiz suhbatlaşing. Bir-biringizning gapingizni bölmasdan tinglang. «Nima uçun bunday qildingiz?» deb söraş örniga «Sizni nima bezovta qilyapti?» deb murojaat qiling.

Minnatdorçilik bildirişni odatga aylantiring

«Rahmat», «Mehnatingizni qadrlayman», «Bugun menga yordam berganingizdan xursandman» kabi oddiy iboralar munosabatlarda katta ahamiyatga ega. Odamlar köpinça yaqinlarining qilgan yaxşiliklarini odatiy hol deb qabul qila boşlaydi. Natijada mehnat qadrlanmayotgandek tuyğu paydo böladi. Holbuki, minnatdorçilik bildiriş insonda qadrlaniş va ruhiy yaqinlik hissini kuçaytiradi. Juftliklar munosabati böyiça yirik tadqiqotlarda ham şerikni qadrlaş qoniqişning muhim omillaridan biri sifatida qayd etilgan.

Qanday yöl tutgan maʼqul? Har kuni oila aʼzolaringizning kamida bitta yaxşi işini eʼtirof eting. Bu katta sovğa yoki qahramonlik bölişi şart emas. Damlangan çoy, iliq tabassum yoki öz vaqtida körsatilgan yordam uçun ham rahmat ayting.

Janjaldan qoçmang, uni töğri hal qilişni örganing

Totuv oilalarda ham kelişmovçiliklar bölib turadi. Muhimi, janjalning borligi emas, uning qanday keçişidir. Munosabatlar psixologiyasi böyiça tadqiqotçi Jon Gottman nizo paytidagi ijobiy va salbiy munosabatlar nisbatiga alohida eʼtibor qaratgan. Uning maşhur kuzatuvlarida barqaror juftliklarda bir salbiy munosabatga taxminan beşta ijobiy munosabat töğri kelişi qayd etilgan. Bu raqamni har bir oila uçun qatʼiy qonun deb qabul qilmaslik kerak, ammo undagi muhim ğoya aniq: mehr va hurmat nizolar paytida ham saqlanişi lozim.

Xullas, jahl ustida haqorat qilmang, eski xatolarni eslatmang, yaqinlaringizning şaxsiyatiga tegmang. Zarur bölsa, bir oz tinçlanib, keyin suhbatni davom ettiring. Eng muhimi, kim ğolib bölgani emas, muammo qanday hal qilinganidir.

Birgalikda vaqt ötkazing

Bir uyda yaşaş – doimo bir-biriga yaqin böliş degani emas. Baʼzan, hatto köpinça oila aʼzolari bir dasturxon atrofida ötirsa-da, har biri öz telefoni bilan band böladi. Birgalikda suhbatlaşiş, sayr qiliş va qiziqarli maşğulotlar bilan şuğullaniş esa juftliklar örtasidagi yaqinlikni mustahkamlaydi. Tadqiqotlarda ham birgalikda mazmunli vaqt ötkaziş munosabatlardan qoniqiş bilan boğliq ekani körsatilgan.

Qanday yöli bor? Haftasiga kamida bir marta birgalikda sayr qiling, ovqat tayyorlang yoki qiziqarli maşğulot bilan şuğullaning. Farzandlar bilan ham telefonsiz, ularga töliq eʼtibor qaratgan holda vaqt ötkazing. Muhimi, birga böliş emas, bir-biringizga eʼtibor berişdir.

Qiyinçiliklarni birgalikda yenging

Hayotda moliyaviy muammolar, işdagi omadsizliklar, farzandlar tarbiyasi va turli taşvişlar bölib turadi. Bunday paytda oila aʼzolari bir-birini ayblaş örniga muammoga birgalikda yeçim izlaşi kerak. Psixologiyada bu yondaşuv juftlikning hamkorlikda stressni yengişi deb ataladi. Tadqiqotlar qiyinçiliklarga birgalikda qarşi turadigan juftliklarda munosabatlar qoniqişi va barqarorligini saqlaş imkoniyati yuqoriroq bölişini körsatadi.

Nima qiliş kerak? Yaqiningiz qiyin vaziyatga tuşganida, tanqid qilişga şoşilmang. «Buni qanday hal qilsak böladi?», «Sizga qanday yordam bera olaman?» deb sörang. Oiladagi muammoni faqat bir kişining zimmasiga yuklamaslikka harakat qiling.

Işonç va hurmatni har narsadan ustun qöying

Işonç – oilaviy munosabatlarning poydevori. U bir kunda paydo bölmaydi, yillar davomidagi samimiylik, vafodorlik va masʼuliyat orqali şakllanadi. Harvard universitetining kattalar rivojlanişini örganiş böyiça maşhur loyihasi 1938 yildan buyon insonlar hayoti, salomatligi va baxt-saodatini kuzatib kelmoqda. Uşbu uzoq muddatli tadqiqotning asosiy xulosalaridan biri şuki, insonning baxtli va soğlom hayotida sifatli, işonçli munosabatlar nihoyatda muhim örin tutadi.

Qay tarzda yöl tutgan maʼqul? Bergan vaʼdangizda turing, sir saqlaşni örganing, yaqinlaringizning şaxsiy hududi va fikrini hurmat qiling. Hatto kelişmovçilik paytida ham bir-biringizni kamsitmang. Işonçni yöqotiş oson, qayta tiklaş esa ança qiyin.

Baxtli hayotning eng katta siri

Totuv hayotning siri boylik, qimmatbaho sovğalar yoki haşamatli uyda emas. U har kuni bir-birini tuşunişga harakat qiladigan, kiçik yaxşiliklarni qadrlaydigan, xatolarni keçira oladigan va qiyinçiliklarda yelkadoş böladigan insonlar orasida yaşiringan. Eng muhimi, oilada hamma bir-birini yaxşi körişini aytişi emas, balki bu mehrni kundalik munosabatlarda namoyon eta olişidir.

Akbar Fathullayev



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version