Jamiyat

«Toshshahartransxizmat» talab yuqori yo‘nalishga qo‘shimcha avtobuslar chiqardi

Published

on


Jamiyat | 08:45

0

1 daqiqa o‘qiladi

Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish va parkdan maqsadli foydalanish maqsadida 152-sonli «Moliya litseyi – Chorsu savdo markazi» avtobus yo‘nalishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish tartibi yangilandi. 2025 yil 8 noyabrdan ushbu yo‘nalishga xizmat ko‘rsatish «8-Avtobus saroyi» filialidan «5-Avtobus saroyi» filialiga o‘tkazildi, harakat jadvallari soni 1 tadan 6 taga oshirildi.

Foto: Kun.uz

Yo‘nalish raqami va nomi: 152 — «Moliya litseyi — Chorsu savdo markazi». Amaldagi sanasi: 8 noyabr 2025 yildan. Operator almashinuvi: «8-Avtobus saroyi» → «5-Avtobus saroyi». Yo‘nalishdagi reyslar soni soni 1 tadan 6 taga ko‘paytirildi.

Yo‘nalishda qo‘shimcha avtobuslar chiqarilishi natijasida:


pik soatlarda tashish quvvati oshadi, bekatlardagi to‘planish kamayadi;
kutish vaqtlari qisqaradi, safarni rejalashtirish osonlashadi;
yo‘nalish barqarorligi yaxshilanadi, texnik va dispetcherlik resurslari 5-Avtobus saroyi orqali jamlanadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version