Jamiyat

Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi

Published

on


FVB xodimlari yong‘inni 1 soatda o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi.

28 iyun kuni kechqurun Toshkent shahri, Sergeli tumanida joylashgan «Meros» to‘yxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Toshkent shahri FVB xabariga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar soat 21:29 da kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 21:37 da yetib borgan. Qayd qilinishicha, soat 22:42 da yong‘in o‘chirilgan.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra to‘yxona ichidan barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan va yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Ta’kidlanishicha, vaziyat Toshkent shahri FVB to‘liq nazoratida.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version