Jamiyat

Toshkentning ikki tumanida elektr uzilishlari kuzatilmoqda

Published

on


Toshkentning ikki tumanida elektr uzilishlari kuzatildi. 

Energetika vazirligi bunga izoh berdi. Aytilishicha, elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda. 

Bugun, soat 18:13 da Toshkent shahridagi 110 kVli “L-Dok-1” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. 

Buning natijasida Toshkent shahrining Olmazor va Yunusobod tumanlari hamda Toshkent viloyati Toshkent tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda. 

Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi xabarda. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version