Jamiyat
Toshkentning Bektemir tumanidagi ko‘pqavatli uyda yong‘in yuz berdi
Hodisa oqibatida xonadonning jihozlari va 20 kv.m. maydoni zararlandi.
Toshkent shahri, Bektemir tumani, Abay mahallasi, Rohat ko‘chasida joylashgan ko‘pqavatli uyda 12 avgust kuni yong‘in yuz berdi.
FVB bergan ma’lumotga ko‘ra, soat 11:57 da ko‘pqavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Ta’kidlanishicha, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon soat 12:06 da hodisa joyiga yetib borib, 6 daqiqa ichida yong‘inni o‘chirgan.
Hodisa oqibatida xonadonning jihozlari va 20 kv.m. maydoni zararlangan.
Yong‘in oqibatida tan jarohti olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.