Jamiyat

Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Published

on


4 iyul kuni poytaxtning qator hududlarida gaz ta’minoti o‘chiriladi. Bunga ta’mirlash ishlari sabab bo‘lmoqda.

Ta’mirlash ishlari tufayli Chilonzor, Yakkasaroy, Yangihayot va Mirobod tumanlarining qator hududlarida 4 iyul kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Chilonzor tumani (10:00 dan 18:00 gacha)

«Bo‘rijar» MFY:


aholi xonadonlari soni — 792 ta yerli xonadon, 46 ta ko‘p qavatli uylar;
ulgurji iste’molchilar soni — 24 ta.

Yakkasaroy tumani (10:00 dan 18:00 gacha)

«Bog‘saroy» MFY:


aholi xonadonlari soni — 256 ta yerli xonadonlar, 44 ta ko‘p qavatli uy;
ulgurji iste’molchilar soni — 60 ta.

Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha)

«Fayzli» MFY:


aholi xonadonlari soni — 165 ta yerli xonadon;
ulgurji iste’molchilar soni — 5 ta.

Mirobod tumani (10:00 dan 18:00 gacha)

«Farovon», «Mirobod» va «Sharof Rashidov» MFYlari:


aholi iste’molchilar soni — 10 ta ko‘p qavatli uylar;
ulgurji iste’molchilar soni — 15 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version