Jamiyat

Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov ochiladi

Published

on


Qirg‘izistonning Asman Airlines aviakompaniyasi Toshkent va Issiqko‘l o‘rtasida yangi muntazam aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

«Uzbekistan Airports» vakili bilan o‘tkazilgan muzokaralarda Toshkent – Tamchi (Issiqko‘l) yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reysni 2026-yil 24-iyundan boshlash masalasi muhokama qilingan. Qatnovlar Dash 8-400 turidagi samolyotlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Kelgusida aviakompaniya parvozlar geografiyasini yanada kengaytirishni maqsad qilgan. Jumladan, kuzda Toshkent – O‘sh, qishki mavsumda esa Toshkent – Qorako‘l (Karakol)
yo‘nalishlarini ochish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, Toshkent va Bishkek o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda.

Tomonlar Qirg‘izistondan O‘zbekistonning hududiy aeroportlari – Andijon, Farg‘ona va Namanganga reyslar ochish masalasini ham muhokama qildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version