Jamiyat

Toshkentdagi Yuridik universitetda maxsus uch yillik ta’lim dasturi joriy etilishi mumkin

Published

on


2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetiga Universitet huzuridagi akademik litseylar, yuridik texnikumlar bitiruvchilari hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar belgilangan tartiblar asosida qabul qilinadi va ular tanloviga ko‘ra kirishi mumkin bo‘lgan bakalavr ta’lim yo‘nalishlarining maxsus uch yillik ta’lim dasturini o‘qiydilar. Ushbu toifa abituriyentlarni qabul qilish va o‘qitish alohida qabul kvotasi va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bu borada Adliya vazirligining tegishli hujjat loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat loyihasida Universitet huzuridagi akademik litsey va yuridik texnikumlar bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlanishi ham aytiladi. Bunda iqtidorli bitiruvchilar oliygohga maxsus uch yillik ta’lim dasturiga 2-kursdan kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari o‘qishga qabul qilinishi belgilanmoqda. Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus uch yillik ta’lim dasturiga o‘qishga qabul qilish suhbat natijalariga ko‘ra reyting tizimi bo‘yicha to‘plangan ballar asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, loyihada oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarning Universitetda “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat doirasida oliy ta’limni olishlari tartibi ham belgilangan. Qayd etilishicha, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘zining mavjud quvvatlari, moddiy-texnik bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibi hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari xususiyatidan kelib chiqib, qabul parametrlaridan tashqari kvota doirasida yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi va o‘qitishning kunduzgi, kechki, masofaviy ta’lim shakllarida tashkil etadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version