Jamiyat

Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi yopiladi

Published

on


Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. 

Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida Cho‘ponota va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidan (“Birodarlik qabrlari” yodgorligi) to Shota Rustaveli ko‘chasining Mirobod ko‘chasi bilan kesishmasigacha (“Grand Mir” mehmonxonasi aylanasi) avtotransport vositalari harakati cheklanadi. 

Cheklov 2025-yil 24-avgustdan 31-avgustgacha amal qiladi. 

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya etamiz”, deyiladi hokimlik xabarida. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version