Jamiyat

Toshkentdagi maxsus tadbirda dorifurush qo‘lga olindi

Published

on


Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida «Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida tadbir o‘tkazildi.

Unda shubha ostiga olingan fuqaro Z.R.ning «O‘qchi Olmazor» MFY hududidagi xonadonidan tarkibida inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi «Pregabalin» moddasi bo‘lgan 139 dona dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version