Jamiyat
Toshkentdagi mahallada giyohvandlik vositasini iste’mol qilgan yosh yigitlar aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha shaxslar giyohvandlik vositasini iste’mol qilayotgani aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Joriy yilning 2 iyul kuni fuqarolar (1998 yilda tug‘ilgan A.F., 2005 yilda tug‘ilgan O.Sh., 2006 yilda tug‘ilgan M.I. va 2006 yilda tug‘ilgan M.U.) Yashnobod tumanidagi mahallalardan birida giyohvandlik vositasini iste’mol qilgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
“Hurmatli fuqarolar! Agar siz giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga bog‘liq holatlarga guvoh bo‘lsangiz t.me/stopnarko_bot telegram boti orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, – deyiladi xabarda.