Jamiyat

Toshkentdagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash taklif etilmoqda

Published

on


Mirzo Ulug‘bek hamda Yakkasaroy tumanlaridagi ayrim mavze va ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash taklif etilmoqda.

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Mirzo Ulug‘bek hamda Yakkasaroy tumanlari hokimliklarining tumanlar hududidagi ayrim mavze va ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi qonunchilikka muvofiq, mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisidan Mirzo Ulug‘bek hamda Yakkasaroy tumanlaridagi ayrim mavze va ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida bildirishni so‘ramoqda.

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:


Og‘zaki ravishda: +998 (71) 210 04 13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00dan 17:00gacha) murojaat qilish orqali;
Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov shohko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;
Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Fikrlarni 25 may kunidan 8 iyunga qadar qoldirish mumkin.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version