Jamiyat
Toshkentda yo‘nalishli qatnovlarga yangi Yutong elektrobusi chiqariladi
2025 yil 13 oktyabr kuni “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan 202 dona Yutong rusumli elektrobus qabul qilindi. 2025 yil 18 noyabrdan esa poytaxtning bir qator yo‘nalishlaridagi avtobuslar yangi harakat tarkibiga almashtiriladi.
Foto: Toshshahartransxizmat
2025 yil 13 oktyabr kuni “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati harakat tarkibini yangilash maqsadida Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan 202 dona Yutong rusumli elektrobuslarni qabul qildi.
Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida, 2025 yil 18 noyabr kunidan boshlab 145-, 48-, 124-sonli yo‘nalishlar harakat tarkibidagi MAN rusumli avtobuslar Yutong rusumli elektrobuslarga almashtirilgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, 132-sonli yo‘nalish harakat tarkibidagi Mercedes-Benz rusumli avtobus MAN rusumli avtobusga almashtirilgan.