Jamiyat
Toshkentda uchta avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi
2025 yil 25 sentabrdan boshlab Toshkent shahrida qator avtobus yo‘nalishlarining harakati bo‘yicha o‘zgarishlar kiritiladi.
Xususan:
138-sonli «Bunyodkor MFY – Beruniy metrosi» avtobus yo‘nalishi
Bunyodkor MFYdan kelishda: Shifokorlar – Sog‘lom avlod – THAY – Farobiy ko‘chalari orqali.
Beruniy metrosidan qaytishda: Farobiy – THAY – Sog‘lom avlod – Shifokorlar ko‘chalari orqali.
13T-sonli «Suvsoz mavzesi (Stadion) – Toshkent vokzali» avtobus yo‘nalishi
Toshkent vokzalidan kelishda: H. Bayqaro – Chirchiqbo‘yi ko‘chalari (Kichik sanoat zonasi bekati) orqali Suvsoz mavzesi (Stadion) bekatigacha.
1-sonli «Humoyun mavzesi – Toshkent MUM» avtobus yo‘nalishi
Toshkent MUM bekatidan kelishda: Humoyun – A. Yugnakiy – Zumrad ko‘chalari (Kichik sanoat zonasi bekati) orqali Humoyun mavzesi bekatigacha.