Jamiyat
Toshkentda tirbandlikni kamaytirish uchun “Dolzarb 90 kunlik” boshlanadi
Jamiyat | 09:18
655
2 daqiqa o‘qiladi
Toshkent shahar hokimligi yo‘l harakati holatini yaxshilashga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” tashabbusini e’lon qildi. Dastur doirasida poytaxtda eng tirband hisoblangan 472 km avtomobil yo‘llari aniqlanib, bir qator ustuvor yo‘nalishlarda ishlar boshlanadi.
Foto: Kun.uz
Tashabbus doirasida quyidagi yo‘nalishlarga ustuvor ahamiyat beriladi:
yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha loyiha yechimlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
jamoat transportiga ustuvorlik berish va tegishli infratuzilmani yaratish;
ko‘cha-yo‘l tarmog‘i bo‘ylab reklama konstruksiyalari va boshqa tashuvchilarni o‘rnatishni tartibga solish hamda nazorat qilish;
avtomobil yo‘llari bo‘yida joylashgan mavjud savdo shoxobchalarini optimallashtirish va ular bo‘yicha tartibli yechimlar ishlab chiqish;
svetofor obektlari va yo‘l belgilarini o‘rnatish, modernizatsiya qilish va yangilash;
yo‘l harakatini tashkil etishning tasdiqlangan sxemalari asosida yo‘l chiziqlarini takomillashtirish;
bekat majmualarini yangilash va almashtirish;
ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida chuqurcha va karta usulida ta’mirlash ishlarini olib borish;
avtoturargoh maydonini rivojlantirish va tartibga solish.
Ma’lum qilinishicha, amaliy ishlar poytaxtda harakat oqimi eng yuqori bo‘lgan yo‘l uchastkalari aniqlangandan so‘ng bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.