Jamiyat

Toshkentda tezkor xodimga 10 ming dollar pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Published

on


Toshkentda jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

“Dolzarb 20 kunlik” tadbirlari boshlanganidan buyon Toshkentda 270 ta jinoyat fosh etilgan. 117 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq holatda 4 kilogramm 578 gramm taqiqlangan moddalar, 1000 ta psixotrop dori vositalari aniqlangan.

Shu kabi holatlardan birida, Shayxontohur tumanida o‘z uyida giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgan shaxs aniqlangan. Bunda fuqaro jinoyat-qidiruv bo‘limi tezkor xodimiga aniqlangan vaziyat yuzasidan chora ko‘rmaslik uchun 10 ming dollar pora taklif qilgan.

Shundan so‘ng, tegishli bildirgi asosida tezkor tadbir o‘tkazilib, fuqaro pullarni pora tariqasida bergan vaqtida qo‘lga tushdi.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining pora berishni nazarda tutuvchi moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version