Jamiyat

Toshkentda Tesla’ni yuqori tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi

Published

on


Unga svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmaslik va yo‘lda avariya holatini yuzaga keltirish bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Toshkent shahri markazida Tesla’ni o‘ta katta tezlikda boshqarib, soatiga 214 km tezlikkacha harakatlangan haydovchi topildi.

Poytaxt IIBB axborot multimedia markazi rasmiysi Qahramon Xudoyberganov tomonidan e’lon qilingan videoda haydovchiga tegishli tartibda chora ko‘rilgani ma’lum qilingan. Biroq videoda aynan qanday chora ko‘rilgani ochiqlanmagan.

«Tesla avtomashinasi egasiman. Katta tezlikda haydaganim ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketibdi. Shu yuzasidan shahar qidiruv bo‘limiga chaqirishdi. Hozir mana qonuniy chora ko‘rishyapti. Hech kimga tavsiya bermayman bunaqa tez yurishni, sekin yuringlar, ehtiyot bo‘linglar. Qilgan ishimdan pushaymonman», degan haydovchining o‘zi.

Kun.uz haydovchiga qanday chora ko‘rilganini aniqlashtirish maqsadida respublika YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshov bilan bog‘landi.

Uning aytishicha, haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-4 hamda 128-5-moddalari, ya’ni svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmaslik va yo‘lda avariya holatini yuzaga keltirish bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Qayd etish joiz, ushbu moddalarga ko‘ra, haydovchi BHMning uch baravaridan o‘n baravarigacha jarima bilan jazolanishi mumkin.





Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version