Jamiyat
Toshkentda tarvuzdan zaharlanish holati ko‘paygani rad etildi
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida poytaxtda tarvuzdan zaharlanish holatlari ko‘payib borayotgani mazmunidagi xabar e’lon qilindi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi ma’lum qilishicha, hozirgi kunda poytaxt aholisi o‘rtasida tarvuzdan zaharlanish holatlari ketma-ket qayd etilayotgani bo‘yicha yuqumli kasalliklar shifoxonasidan tezkor xabarnomalar kelib tushgani yo‘q.
Tarvuzdan zaharlanish holatlari ko‘payib ketyapti, degan xabarlar esa haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Shuningdek, tekshiruvdan o‘tmagan holda yo‘l yoqalarida sotilayotgan poliz mahsulotlarini xarid qilmaslik, faqatgina ishonchli va ruxsat etilgan savdo nuqtalarida, to‘g‘ri sharoitda sotilayotgan mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etilgan.