Jamiyat

Toshkentda soliq inspeksiyasi xodimlari ushlandi

Published

on


Soliq inspektorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

​Davlat xavfsizlik xizmati Call-markaziga kelib tushgan murojaat asosida Xizmatning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

​Xususan, Yunusobod tumani Soliq inspeksiyasining 2 nafar inspektori o‘zaro til biriktirgan holda, xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkorga «Chilonzor buyum bozori kompleksi» AJdan 3 ta savdo do‘konini ijaraga olishda yordam berishni va’da qilishgan.

​Ular o‘zlarining tanishlari orqali tadbirkorga tegishli MChJni ochiq savdo tenderida g‘olib bo‘lishini ta’minlash va do‘konlarni ijaraga olish bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilishgan.

​O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida soliqchilar so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

​Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version