Jamiyat

Toshkentda qalbaki payvandlash elektrodlarini ishlab chiqargan sex fosh etildi

Published

on


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Foto: Prokuratura departamenti

Unda, fuqarolar S.N. va boshqalar yashirin sex tashkil qilib, “M.A.” MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan “Arsenal” nomli payvandlash elektrodining qalbaki nusxasini ishlab chiqarib, fuqaro N.S.ga 66 quti qalbaki elektrodni sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbir davomida, yashirin sexdan umumiy bahosi 855 mln so‘mlik 17 turdagi 36 760 quti elektrod, mahsulot haqida ma’lumot beruvchi qalbaki shtrix kod markirovkalar va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version