Jamiyat

Toshkentda Porsche, Lacetti va Spark ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Published

on


13 yanvar kuni tungi soat 01:55 larda Toshkent shahri Shayxontohur tumanida Islom Karimov va Botir Zokirov ko‘chalari chorrahasida Lacetti, Porsche va Spark avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 1995 yilda tug‘ilgan I.Q. boshqaruvidagi Lacetti, 2006 yilda tug‘ilgan B.X. boshqaruvidagi Porsche hamda 1990 yilda tug‘ilgan R.A. boshqaruvidagi Spark avtomashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan.

YTH natijasida Porsche rusumli avtomashinasining haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

YHXB barcha yo‘l harakati qatnashchilarini yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version