Jamiyat

Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi

Published

on


Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida yashovchi fuqaro qo‘lga olindi.

U o‘zini go‘yoki DXX xodimi deya tanishtirib, Namangan viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan xususiy korxona nomiga olib kelingan tovarlarni Bojxona qo‘mitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali hech qanday muammosiz bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazib berishini aytgan.

DXX va bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ushbu fuqaro korxona rahbaridan firibgarlik yo‘li bilan har bir yuk partiyasi uchun 500 AQSh dollaridan jami 1000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur shaxs korxonaga xorijdan import qilinayotgan avtomobil ehtiyot qismlarini bojxona rasmiylashtiruvidan tezlashtirib chiqarib berayotganini aytib, korxona rahbaridan muqaddam 1000 AQSh dollari olgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version