Iqtisodiyot

Toshkentda O‘zbekiston-Iordaniya biznes forumi bo‘lib o‘tadi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Senati Raisi Faysal Aqif Misqal al-Fayoz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi.

O‘tgan yili Samarqandda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Iordaniya keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama aloqalar va almashinuvlar faol tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi va qo‘shma korxonalar soni ortib bormoqda.

Parlamentlarda tashkil etilgan “do‘stlik guruhlari” ishini “yo‘l xaritasi” asosida faollashtirish, ularning davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlashdagi rolini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, joriy yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi va yetakchi kompaniyalar biznes forumini natijador qilib o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version