Jamiyat

Toshkentda Mustaqillik bayrami sayillari o‘tkaziladigan joylar e’lon qilindi

Published

on


O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 30–31 avgust kunlari Toshkent shahrining barcha tumanlarida bayram sayillari va ommaviy konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi.

Toshkent shahri hokimligi tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni e’lon qildi.

Soat 12:00 da boshlanadigan tadbirlar:

– Yunusobod tumani — «Uzekspomarkaz» maydoni.

Soat 18:00 da boshlanadigan tadbirlar:

– Bektemir tumani — «Coca Cola Garden» bog‘i;

– Mirobod tumani — «Furqat» bog‘i;

– Sergeli tumani — Sergeli markaziy xiyoboni;

– Olmazor tumani — River park maydoni;

– Uchtepa tumani — «ECO SEUL» bog‘i;

– Chilonzor tumani — Dream Park (G‘afur G‘ulom bog‘i);

– Shayxontohur tumani — «Navro‘z» bog‘i;

– Yangihayot tumani — «Yangi Darxon» mahallasi 45–46 uylar oldidagi maydon.

Soat 19:00 da boshlanadigan tadbirlar:

– Mirzo Ulug‘bek tumani — «Mirzo Ulug‘bek» istirohat bog‘i (Central Park);

– Yashnobod tumani — «Ashxobod» istirohat bog‘i;

– Yakkasaroy tumani — «Do‘stlik» istirohat bog‘i.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version